iROAS — Incrementality | GRP.uz
MissiyaFikrlarTerminologiyaKalkulyator
← Barcha atamalar

iROAS

Incrementality
Digital

Oddiy qilib aytganda: Qancha savdo aynan reklamadan keldi, usiz ham bo'lavermasmidi?

Reklama yaratgan sotuvlar o'sishi — reklamasiz ssenariy bilan taqqoslaganda (nazorat guruhi bilan test). Kanalning haqiqiy effektini reklamasiz ham baribir sodir bo'ladigan sotuvlardan ajratadi.

Retargeting ROAS 800% deb hisobot beradi, ammo nazorat guruhi bilan test iROAS 110% ko'rsatadi → kanal deyarli yangi sotuv yaratmayapti.